Ro'yxatdan o'tgan kasabalar qo'mitasi 17.07.2020 yil holatiga 350 a'zolardan iborat. Tsex va jamiyatning tarkibiy bo'linmalari 4 tsex qo'miytasi 1 kasaba uyushmasidan iborat.
"Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJ Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi-Hamdamov Ilhomjon Ibrohimovich, korxonada 2016 yildan beri ishlaydi.
Ta'kidlash joizki, "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals " AJ, xodimlarining moliyaviy va huquqiy holatini, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini yaxshilash maqsadida rahbariyat va kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan birlashgan holda, qonun ustuvorligiga va jamoaviy bitimlarga asoslangan jamiyat hayotini tashkil etishga astoydil bel bog'laganlar.
Kasaba uyushmalari qo'mitasi va raxbariyat yonma -yon faoliyat yuritgan holda, korxonaning barcha bo'limlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar, chunki, ko'p muammolarni hal qilishda ularning hissalari juda kattadir.