Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals korxonasida ayni paytda oddiy superfosfat ishlab chiqarish xajmini yiliga 100,000 tonnadan 350,000 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ammiakli oddiy superfosfat (ASSP) va suvda eriydigan o'g'itlar turkumiga kiruvchi rejali/himoyali muhitda (issiqxonalar) yetishtiriladigan ekinlar uchun maxsus o'gitlar ishlab chiqarilishi va bozorga chiqarilishi 2021 yilning boshiga rejalashtirilgan. Strategik rivojlanish dasturi doirasida ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirish va zavod maydonida NPK o'gitlari turkumiga oid o'g'itlarini ishlab chiqarish rejasi nazarda tutilmoqda. Ushbu ko'zlangan loyiha, korxonada qo'shimcha qiymatli o'g'it mahsulotlari sonini ko'paytirishda qilinayotgan ishlar davomi sifatida ko'rilmoqda.
Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals AJ o'z o'g'it mahsulotlarini 2020 yil oktyabr oyida O'zbekiston va yaqin mamlakatlar bozorida sotuvga "Oltin" nomli brendi asosida sotishni rejlashtirgan. "Oltin" brendi ostida chiqadigan mahsulotlar o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, kafolatlangan sifat, vazn, izchil etkazib berish va mijozlarni qo'llab -quvvatlash kabi afzalliklarni taklif etadi. O'zbek tilidagi "Oltin" so'zini brend sifatida tanlab olinishi, korxona mahsulotlarini mamlakat o'g'itlar bozorida oltin metali kabi yuqori sifat standartlari pog'onasiga olib chiqish niyati ko'zda tutilgan.