1935 yil -"GLAVAZOT", xalq Og'ir sanoat komissarligi tarkibiga kiruvchi o'g'it aralashtirish zavodi sifatida 1935 yil iyun oyida foydalanishga topshirildi.
1941 yil - superfosfat zavodining qurilishi boshlandi. Lekin Jahon urushi tufayli qurilish ishalri to'xtatildi.
1942 - 1945. Jahon urushi paytida zavodda mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Xususan, 1942 yil yanvar oyida zavod portlovchi "F" dinamitini ishlab chiqarishni boshladi. Dinamit ishlab chiqarilishi 1945 yilgacha davom etdi.
1946 yil - superfosfat zavodining birinchi bosqichini ishga tushirish ishlari 1946 yil 6 aprelda yakunlandi.
1946 - 1947. 1946 yilda sulfat kislotasi zavodi qurilishi boshlanib, 1947 yil sentyabr oyida ishga tushiriladi.
1949 - 1956. Quvvati yiliga 250 000 tonna superfosfat ishlab chiqarishga mo'ljallangan ilg'or texnologiya bilan jihozlangan yangi zavodini loyihalash va qurish ishlari yakunlanib, zavod 1956 yilda ishga tushiriladi.
1953 yil - Ammiakli superfosfat ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi ishga tushiriladi.
1958 yil - Superfosfat ishlab chiqarilishining xajmi oshishi sabab, zavodning o'zida sulfat kislotasi ishlab chiqarilish yo'lga qo'yiladi.
1962 yil - Yiliga 250 ming tonna ammiakli superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga teng zavod ishga tushiriladi.
1964 yil - Ammiakli superfosfat ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi tadbiq etiladi - ammonizatsiya - quritish - elakdan o'tkazish - maydalash.
1967 yil -Ikkita qo'shimcha ammonizatsiya barabanining o'rnatilishi.
1971 yil - Quritgichlar va tsiklonlarda o'z -o'zini tozalash moslamasi texnologiyasini takomillashtirish orqali rekonstruksiya qilinishi.
1973 yil - Fosforit kontsentrati kukunini qayta ishlash, superfosfatni qo'shimcha sovutish, shu jumladan qo'shimcha elak uskunalari texnologiyasini takomillashtirish yakunlanadi.
1988 yil - Ekologik muammolarni hal qilish va Qizilqum fosforitidan foydalanishni boshlash maqsadida, zavod quvvati yiliga 175,000 tonnagacha qisqardi. O'shandan beri zavodda mahalliy "Tashkura" fosforli konlaridan olinadigan xom-ashyoni qayta ishlashga o'tildi. Natijada ammiakli superfosfat ishlab chiqarish quvvati yiliga 178,000 tonnaga qayta hisoblandi.
1991 yil - Sovet Ittifoqi parchalanib, iqtisodiy aloqalar uzilganidan so'ng va Navoiy viloyatida "Jeroy Sardor" milliy fosforit koni ochilganidan keyin. zavodda past sifatli og'irligi 0,98 g / sm3, P2O5 tarkibi 16%dan kam bo'lmagan fosforit xom-ashyosini qayta ishlashga o'tildi.
1997 yil - O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasining buyrug'i bilan 1997 yil kimyo sanoatida birinchilardan bo'lib zavod aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, "Qo'qon superfosfat zavodi" OAJ deb nomlana boshladi.
2003 yil - Chirchiq "O'ZKIMYOSANOATLOYIHA" loyiha instituti bosh pudratchi sifatida superfosfat zavodining ammiaklash, granullashtirish, qurutish va sinflarga ajratish bo'limlarini rekonstruktsiyasi" loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada, 2010 yilgacha zavodda 12% lik suyuq ammiakli eritma yordamida gnanula ko'rinishdagi amiakli superfosfat mahsulotining ishlab ciqarish ko'rsatkichklarini yiliga 250,000 tonnaga etkazish rejalashtirilgan edi. Rossiyaning Sankt -Peterburg shahridagi "NIIGIPROHIMNAUKA" tashkiloti esa, texnik-jarayonlarni loyihasi bilan shug'ullangan.
2004 yil - Zavodning amiakli superfosfat tsexida masulotni granula shakliga o'tkazish orqali chang va gaz chiqindilarini kamaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
2006 yil - Zavodning ammiakli superfosfat ishlab chiqarish loyihaviy quvvati 250,000 tonnaga etkazildi. Tayyor mahsulotning zarraviy hajmi taqsimlanishini yaxshilash maqsadida ammiakli superfosfat tsexini texnologik tarmog'ini modernizatsiya qilish dasturi barpo etiladi.
2007 yil-Umumiy P2O5 tarkibi (18-19) %bo'lgan TSh 81.2-23: 2006 yuvilgan va quritilgan "Tashkura" fosforit kontsentrati ishlatila boshlandi.
2015 yil - 2015 yil mart oyidan boshlab umumiy tarkibi P2O5 (26) %bo'lgan yuvilgan kalsinlangan fosforit konsentratidan O'zDSt 2825-2014 ishlatila boshlandi. 2015 yilning aprelidan boshlab, bu P2O5 muhim ozuqa moddalari bilan ammiaklangan superfosfat ishlab chiqarishga 20%ruxsat berdi.
2019 yil - O'zbekiston hukumati xususiylashtirish dasturini boshladi, uning doirasida Indorama korporatsiyasi 95,54% davlat ulushini sotib oldi va to'liq modernizatsiya va o'zgartirish dasturini ishga tushirdi. Zavod 2021 yilning birinchi choragida 350 ming tonna superfosfat va 290 ming tonna ammiakli superfosfat quvvatiga ega qayta ishga tushirilishi kutilmoqda.