Ishlab Chiqarish Quvvati
- Oddiy superfosfat zavodi - quvvati yiliga 350,000 tonna
- Ammiakli oddiy superfosfat - quvvati yiliga 290,000 tonna
- Suvda eruvchan o'g'itlar - quvvati yiliga 2,500 tonna
Oddiy superfosfat (OSF) ishlab chiqarish uchun ikkita bir xil jarayon talab qilinadi . OSFishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo - sulfat kislotasi va fosfatli kontsentrati hisoblanadi. Xom-ashyo va ishlatiladigan suv eshkakli aralashtirgichda reaksiyaga kirishadi. Reaksiya ekzotermik bo'lgani uchun, aralashmaning harorati taxminan 110 ° C ga ko'tariladi. Aralashtirgichdagi reaktsiya eng ko'pi bilan 70% gacha yakun topadi va 3 dan 4 daqiqani tashkil etadi.
Keyingi reaksiya DEN deb nomlangan sekin harakatlanuvchi konveyerda amalga oshiriladi. Bu erda yuz beradigan reaktsiya 40-45 daqiqadan iborat bo'lib, reaksiyaning umumiy darajasi taxminan 90% ga yetadi. Yarim tayyor maxsulot, konveyorning chiqish qismida asosan loy simon bo'laklardan iborat bo'lib, omborga saqlash uchun jo'natilishdan avval maxsus kesgich bilan kesiladi. Reaksiyaning so'nggi 10%, ancha sekin jarayon hisoblanib, u saqlash vaqtida yakun topadi. Taxminan, ushbu to'liq reaktsiyaga bir oycha vaqt ketadi. Bu bosqich QOTIB YETILISH davri deb ataladi. Yetilish jarayoni tezligini oshirish uchun qisqichli kran yordamida vaqti-vaqti bilan mahsulot ag'darilib turiladi. Bu jarayon mahsulot kerakli ko'rsatkichlarga yetgungacha, yani, suvda eruvchan P2O5% tarkibi , erkin kislota va namlik kabi kerakli sifat parametrlariga javob bergungacha davom ettiriladi. bu jarayondagi yaxshi natijalar, ayniqsa, OSF namligi, OSFni AOSF tsexida quritishda juda as qotadi.
Reaksiya paytida DEN kamerasida gazlar evolyutsiyasi sodir bo'ladi va asosan, ftorovodorod kislotasi, suv bug'lari, kremniy tetrafluoridi kabilar yuzaga keladi. Ushbu gazlar uch bosqichli tozalash tizimidan (ventury scrubber) o'tkazilib tozalanadi. Tozalashdan hosil bo'lgan suyuqlik qayta suyultirish maqsadida aralashtirgichga qaytariladi yoki granulyatsiya uchun AOSF tsexiga yuboriladi.
Barcha jarayon parametrlari taqsimlash nazorat tizimi (DCS) tomonidan kuzatiladi va nazorat qilinadi.
Ammiakli Oddisy Superfosfat Tsexi (AOSF)
Ammiakli Oddiy superfosfat (AOSF) ishlab chiqarish uchun ikkita bir xil jarayon talab qilinadi. Yetilgan Oddiy superfosfat granulalashtirish tsexiga bo'laklovchi kesish moslamasidan o'tkazilib, granulalovchi barabanga tasmali konveyor yordamida jo'natiladi. Granulalovchi baraban ichiga suv purkalib, ammiak gazi yetilgan OSF tarkibidagi erkin kislotani so'ndirish maqsadida foydalaniladi. Natijada, ammiaklangan mahsulot granula shakliga keltirilib, pechkada tabiiy gaz bilan qizdirilgan havo yordamida quritish barabanida quritiladi. Quritish jarayoni tufayli mahsulot tarkibidagi namlik 5% ga keltiriladi. Keyin issiq granulalar kerakli o'lchamdagi mahsulotni ajratish uchun ikki qavatli tebranuvchi elakka yuboriladi. Elakning yuqori qismidan ajratilgan katta o'lchamli granulalar zanjir tegirmoni yordamida maydalanadi va elakning pastki qismidan ajratilgan mayda o'lchamlari granulalarga qoshib, granulalash barabaniga qayta ishlashga yuboriladi.
Harorati 70°C ga teng 2mm dan 4mm gacha bo'lgan mahsulot 40°C gacha sovutish uchun aylanuvchan tamburli sovutgichga yuboriladi va mahsulot to'g'ridan-to'g'ri qadoqlash tsexiga 50 kilolik polipropilen qoplarga qadoqlash uchun yoki yoki to'g'ridan-to'g'ri yoyma ko'rinishda vagonlarga yuklash uchun yoki mavjud omborlar maydonida saqlash uchun jo'natiladi. Saralash, otkazish, AOSF changlari elaklash, uzatish, zanjirli tegirmondan o'tkazish jarayonlarida paydo bo'lgan changlar, qoplik filtr yordamida olib qolinadi va granulyatordan chiquvchi ammiakli gazlar tozalash moslamasida so'ndirilib tozalaandi. H2SO4 ning oz miqdori ham emissiya yo'qotilishini kamaytirish uchun ishlatiladi. Quritish tizimining siklonlarida ajratilgan chang Granulyatorga qayta yuboriladi. Barcha jarayon parametrlari taqsimlash nazorat tizimi (DCS) tomonidan kuzatiladi va nazorat qilinadi.
1. Fosfat kontsentrati : 12000 T
2. Sulfat kislotasi : 4000 T
3. Ammiak (suyuq) : 240 T
4. OSF : 20,000 T
5. AOSF : 70,000 T