CSR

JSC Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals AJda jamoatchilik bilan hamkorlikga, imkoniyatlar yaratishdga / rivojlanish loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Bu borada hissa qo'shilgan loyihalardan ba'zilari quyidagilardir:

1) 250 ga yaqin oilani ichimlik suvi bilan ta'minlash

2) Zavod yaqinidagi asosiy yo'lni elektrlashtirish va yoritish

Atrof -muhit

Indorama Kokand Fertilizers and chemicals AJ, ilgari "Qo'qon superfosfat zavodi" (IKFC ) AJ nomi ostida nomlangan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasida 1935 yilda tashkil etilgan eng qadimgi zavodlardan biri hisoblanadi. Zavod 2019 yilda Indorama tomonidan sotib olinganidan so'ng, Indoramaning atrof -muhitni himoya qilish siyosatining asosiy tamoyillaridan sanalgan atrof -muhitni muhofaza qilish borasida ko'plab texnik tashabbuslar ko'rsatildi.

IKFC ishlab chiqaruvchi korxona sifatida zavod faoliyati atrof -muhitga ta'siri mavjudligini tan olgan holda, doimiy ravishda o'z hududida yaxshi qo'shni bo'lishga intiladi, har bir jamiyatning barcha mol-mulklariga va ijtimoiy infratuzilmalariga hurmat bilan yondoshadi. Zavodni modernizatsiya qilish ishlari paytida, XMK (IFC) va ETTB (EBRD) kabi milliy va xalqaro tashkilotlar tarafidan berilgan ko'rsatmalarga rioya qiladi. Modernizatsiya jarayonida zavodda Evropa me'yorlariga muvofiqlikni ta'minlash maqsadida suv yoradamida tomchilab so'ndirish uskunalari, changni tozalash tizimi, oqava suvlarni tindirish hovuzlari va boshqa shu singari tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan maxsus moslamalar o'rnatilgan. Ishlab chiqarish tutunlari uchun esa, yangi va balandroq trubalar o'rnatildi.

IKFC mahsulot va jarayonlarning har bir jihatini atrof -muhitga salbiy ta'sirini minimal darajaga tushirishni ta'minlash va atrof -muhit samaradorligini oshirish uchun qulaylikni modernizatsiya qilish majburiyatini oladi.

Xavfsizlik

Indorama Kokand Fertilizates and Chemicals AJ iste'molchilarga, xodimlariga, jamiyatga va o'zi faoliyat ko'rsatayotgan muhitga nisbatan yuqori saviyadagi korporativ yondashuvni namoyish etishga tayyordir. Buning uchun kompaniya o'z xodimlarini, pudratchilarini va tashrif buyuruvchilarining xavfsizligini ta'minlash va sog'lig'ini muhofaza qilish bo'yicha o'z majburiyatlarini tan oladi. Zavodni modernizatsiya qilish, va keyingi ishlab chiqarish jarayoniga kiruvchi, xizmat ko'rsatish bo'limlari, logistika, yuk tushurish va yuklash, laboratoriya ishlari va boshqa loyiha ishlari shular jumlasidandir. Biz bilamizki, ishlab chiqarishdagi xavfsizlik bu nafaqat texnik jihatdan mukammal uskunalarga va inshootlarga, balki malakali mutaxasislar va tashkilotda keng ommalashgan atrof muhitni va inson xavfsizligini muhofaza qilishga qaratilgan madaniyatga bog'liqdir.

Biz milliy va XMK va YTTB kabi xalqaro tashkilotlar ko'rsatmalariga amal qilishga, shuningdek, o'z sohasida eng etakchi bo'lishga intilamiz. Bizning fikrimizcha, xavfsizlik madaniyatining yuqori cho'qqisiga xodimlarni turli xil motivatsion yondashuvlar yordamida erishish mumkin.

O'zbekistondagi Hindistonliklar jamiyati

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals & Food Empire in #Uzbekistan in cooperation with #India Club Tashkent donated 100 O2 cylinders & flow meters to Bihar Foundation.

@MEAIndia @VikasSwarup @IndianDiplomacy @BiharHealthDept @NitishKumar @NavbharatTimes @manishprabhat06

https://twitter.com/amb_tashkent/status/1400320492645531648?s=09

https://www.facebook.com/IndiaInUzbekistan/posts/4258361807548208