Karyera

Korxonada Kadrlar bilan ishlash siyosati, birinchi navbatda insoniylik tamoyiliga asoslangan.

Ishchilarimiz bizning eng muhim va qimmatbaho boyligimiz ekanligiga qat'iy ishonamiz. Barcha xodimlarimiz Indorama oilasining bir qismidir. va shu sababli, barcha xodimlarga korxonada hurmat, tushunish va insoniylik bilan munosabatda bo'lamiz. Biz xodimlar hayotining farovonligi va obodligiga g'amxo'rlik qilishni o'z burchimiz deb bilamiz. Shu qatorda, bu munosabatlar ikki tomonlama bo'lishi kerakligini va xodimlar ham tashkilotning ravnaqi va muvaffaqiyatiga sodiq qolishlari muhim deb bilamiz.

Kadrlar bilan ishlash tajribamizni jahon darajasiga etkazish uchun biz jahon darajasidagi amaliyotlar dan doimo xabardaor bo'lishga intilib kelamiz. Ko'p yillar mobaynida bosh korxonamiz tarafidan turli xil ish faoliyatlari bo'limlarida xodimlarimiz uchun bir xillik, oshkoralik, o'sish va shaxsiy rivojlanishni ta'minlash uchun ko'plab tizimlar, amaliyotlar va vositalarni ishlab chiqilgan. Bu borada qilinayotgan ishlar doim davom ettirilib, takomillashtirilib kelinmoqda.

Bizning Kadrlar bilan ishlash siyosatimizning oliy maqsadi - yuqori mahorat, axloq va iste'dodlarni ardoqlash. Bu yo'lda, korxonada 7 ta tamoyil mavjud; a) Ish ko'rsatkichlarini boshqarish, (b) Muvofiqlik, (c) shaxsiy rivojlanish, (d) iste'dodlarni rivojlantirish, (e) e'tirof etish, (f) Ishga qabul qilish va (g) uzluksiz takomillashtirish. Bizning barcha harakatlarimiz va tashabbuslarimiz ushbu tamoyillarni doimiy ravishda takomillashtirishga qaratilgan.

Korxonada mehnatni shaffof va konstruktiv baholash tizimi mavjud bo'lib, biz muntazam ravishda ushbu tizimni muvozanatli ko'rsatkichni baholasah kartalari va 360 ° baholash kabi usullardan foydalanamiz. Shuningdek, biz tashkilot bo'ylab vaqti -vaqti bilan so'rovlar o'tkazamiz. Xodimlarni korxonada tutgan o'rnini aniqlash va korxona bo'limlari orasida o'tkaziladigan so'rovlar shular jumlasidandir.

Biz yuqorida keltirilgan barcha Indorama korporatsiyasida amaldagi tajribalarni Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals. AJ da ham hayotga tadbiq etishda davom etib kelmoqdamiz.

Ishga joylashish masalasida, kadrlar bo'limi boshlig'iga uchun murojaat qiling

Bog'lanish uchun e-pochta: hr-ikf@indorama-uz.com

  • Ism
  • E -pochta
  • Rezyume (qisqacha shaxsiy ma'lumotnoma)
  • Maktub matni