Rabariyat kengashi
  • Janob V S Baldva

    Janob V S Baldva korporativ moliyalashtirish, biznesni rivojlantirish, korxonalar birlashishlari va sotib olishlar, Hindiston, Malayziya va Indoneziyadagi turli kompaniyalarda yuridik va tijorat yo'nalishlari bo'yicha 30 yildan ortiq tajribaga ega. U tijorat fakultetini tamomlagan, yuqori toifali hisob-kitobchi maqomiga ega hamda korporatsiya kotibi sifatida ham ish yuritadi.

  • Janob Prakash Kejrival

    Janob Prakash Kejrival moliya va biznesni rivojlantirish, xususan, MDH mamlakatlarida korxonalar birlashishlari va sotib olishlar yo'nalishida 25 yillik tajribaga ega. U biznes va tijorat fakultetini bitirgan va yuqori toifali hisob-kitobchi maqomiga ega. U Markaziy Osiyo mintaqasida Indorama korporatsiyasi biznesini boshqarib va rivojlantirib kelmoqda.

  • Janob Anupam Agraval

    Janob Anupam Agraval to'qimachilik sohasida 40 yildan ziyod professional tajribaga ega va u yigiruv sanoatida ixtisoslashgan bo'lib, Hindiston, Shri -Lanka va Indoneziyadagi turli korxonalarni ko'tarish va rivojlantirishda tajriba orttirgan. U marketing yo'nalishida magistrlikni tugallagan va O'zbekistondagi Indorama korporatsiyasi biznesini boshqarishda 10 yildan ortiq tajribaga ega.

  • Janob Xyugo V. Minderxud

    Janob Xyugo V. Minderxud-rus zabon mutaxassis bo'lib, Markaziy Osiyo va Kavkazda 20 yildan ortiq tajribaga ega. Mintaqadagi ko'plab banklarning boshqaruv kengashi a'zosi, shuningdek, turli xalqaro moliya institutlarining vakili. Mintaqaviy mutaxassis sifatida tadbirkorlarga tajribali maslahatchi. Hozirda "IpakYuli" banki AJ boshqaruvining katta maslahatchisi (O'zbekiston) va O'zbekistondagi "Korzinka" kompaniyalar guruhi Nazorat kengashi raisi;

  • Janob Gaurav Talvar

    Janob Gaurav Talvar korxonalar birlashishlari va sotib olishlar, loyihalarni moliyalashtirilish, korporativ moliyalashtirish, xususiy kapital bitimlari bo'yicha millionlab dollardan tortib milliard dollargacha kam rivojlangan, endi rivojlanayotgan, rivojlanayotgan va rivojlangan bozorlarda 20 yildan ortiq tajriba orttirgan. U Dehli universitetida tijorat yo'nalishini imtiyozli diplom bilan yakunlagan. U, shuningdek, Laknow universitetida moliya va nazorat magistri va Hindistondagi Dehli universitetida xalqaro biznes yo'nalishida ijrochilar magistri darajasiga erishgan. Bundan tashqari, u AQShdagi CFA institutining CFA diplomli moliya tahlilchisidir.

  • Janob Ramesh Soni

    Janob. Ramesh Soni Singapur, Malayziya, Xitoy, Indoneziya va Hindistondagi turli kompaniyalarda strategik rejalashtirish, birlashishlari va sotib olishlar, tijorat, operatsiyalar, moliyaviy menejment, buxgalteriya hisobi, audit va boshqaruv axborot tizimlari mutaxasisi kabi lavozimlarida 24 yildan ortiq tajribaga ega. U oliy ma'lumotli yuqori toifali hisob-kitobchi maqomiga ega.

  • Janob Amit Jeyn

    Janob Amit Jeyn O'zbekiston va Hindistonda hisob, moliya, audit, soliq sohasida 22 yildan ortiq tajribaga ega. U tijorat fakultetini bitirgan va yuqori toifali hisob-kitobchi hisoblanadi. U O'zbekistondagi Indorama korporatsiyasi biznesini boshqarishda 10 yildan ortiq tajribaga ega.