Our History

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals korxonasida ayni paytda oddiy superfosfat ishlab chiqarish xajmini yiliga 100,000 tonnadan 350,000 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ammiakli oddiy superfosfat (ASSP) va suvda eriydigan o'g'itlar turkumiga kiruvchi rejali/himoyali muhitda (issiqxonalar) yetishtiriladigan ekinlar uchun maxsus o'gitlar ishlab chiqarilishi va bozorga chiqarilishi 2021 yilning boshiga rejalashtirilgan. Strategik rivojlanish dasturi doirasida ishlab chiqarish quvvatini yanada kengaytirish va zavod maydonida NPK o'gitlari turkumiga oid o'g'itlarini ishlab chiqarish rejasi nazarda tutilmoqda. Ushbu ko'zlangan loyiha, korxonada qo'shimcha qiymatli o'g'it mahsulotlari sonini ko'paytirishda qilinayotgan ishlar davomi sifatida ko'rilmoqda.

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals AJ o'z o'g'it mahsulotlarini 2020 yil oktyabr oyida O'zbekiston va yaqin mamlakatlar bozorida sotuvga "Oltin" nomli brendi asosida sotishni rejlashtirgan. "Oltin" brendi ostida chiqadigan mahsulotlar o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, kafolatlangan sifat, vazn, izchil etkazib berish va mijozlarni qo'llab -quvvatlash kabi afzalliklarni taklif etadi. O'zbek tilidagi "Oltin" so'zini brend sifatida tanlab olinishi, korxona mahsulotlarini mamlakat o'g'itlar bozorida oltin metali kabi yuqori sifat standartlari pog'onasiga olib chiqish niyati ko'zda tutilgan.

Milestone

2020

To'laqonli yangilash va zamonaviylashtirish dasturi qizg'in olib borildi.

2019

O'zbekiston hukumati tomonidan boshlangan xususiylashtirish dasturini doirasida, zavod 26-iyun kuni Indorama Kokand Fertilizers & Chemicals AJ tomonidan sotib olindi.

2015

Navoiy konidan tarkibida 26-27% P2O5 boyitilgan xom-ashyo yuqori sifatli o'g'itlar ishlab chiqarish uchun keltirila boshlandi. Shu paytdan boshlab P2O5 18% lik ammiakli superfosfat o'giti ishlab chiqarila boshlandi. ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dan o'tilib, mahsulot sertifikati olindi. Iltimos, bitta rasm qo'shing.

2014

Quvvati yiliga 500 ming kaltsiy nitrat ishlab chiqarish ga teng inshootni barpo etish taklifi ma'qullandi. Quvvati yiliga 50 ming tonna fosfor va kaliyli aralash o'g'itlar ishlab chiqarilishi boshlandi. Bitta rasm qo'shing.

2013

Yiliga 2 million 400 ming kubometr Gazli kislorod ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod ish boshladi.

2011

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan suv o'tkazmas bo'yoqlar ishlab chiqarish tsehi foydalanishga topshirildi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 1000 tonna.

2007

Farg'ona viloyatida birinchi bo'lib "Superfosfat zavodi" AJga birinchi marotaba texnik malakasi uchun, akkreditatsiya guvohnomasi taqdim etildi. ASF, OSF, gazli kislorod, ammiak, sulfat kislota, mexanik ustaxona, temir quyish, temir yo'l ustaxonasi va boshqalar kabi 10 dan ortiq mahsulot va xizmatlar uchun sertificat va litsenziya olindi. "Tashkura" fosforit konidan 18-19% P2O5 tarkibli yuvilgan va boyitilgan fosforit kontsentrati etkazib berlia boshlandi.

2006

Granulali ASF mahsuloti sifatini yaxshilash maqsadida ishlab ciqarish texnologiyasini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.

2005

Temir quduq qopqog'lari, qisish moslamalari va qishloq xo'jaligi texnikasi ehtiyot qismlari ishlab chiqarila boshlandi.

2004

Stol, stul va deraza romlari kabi yog'ochdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarila boshlandi.

2003

Ammiaklash va granulalashtirish bo'limlarini qaytadan tiklash loyihasi tasdiqlandi. Ushbu loyihaviy quvvati yiliga 250,000 ammiakli superfosfat ishlab chiqarishga teng bo'lim, 2010 yilgacha ishga tushirilishi rejalashtirildi.

1993

Ammiakli superfosfat o'giti ishlab chiqarala boshlandi.

1992

Birinchi marta P2O5 tarkibi 24,5% lik oddiy superfosfat o'g'iti muvaffaqiyatli qayta ishlandi.

1985

Zavodning 50 yilligi nishonlandi. Surat qo'shing.

1967

Sulfat kislotasi ishlab chiqaruvchi yangi zavodi ishga tushdi. Iltimos, ilova qilingan rasmni qo'shing.

1962

Yangi ammiakli superfosfat tsexi ishga tushirildi.

1959

Loyihaviy quvvati yiliga 45,500 tonna (P2O5 hisobida) bo'lgan yangi ammiakli superfosfat zavodining qurilishi boshlandi.

1958

Yangi superfosfat tsexi ishga tushurildi.

1956

Sulfat kislotasi tsexi qaytadan yangilandi.

1953

Ammiakli oddiy superfosfat ishlab chiqarish sinovi muvaffaqiyatli yakunlandi.

1949

Loyihaviy quvvati yiliga 42,000 tonna (P2O5 hisobida) bo'lgan yangi superfosfat tsexining qurilishi boshlandi.

1947

Sulfat kislotasi tsexi ishga tushirildi.

1946

Superfosfat tsexi ishga tushirildi.

1942

Jaxon urushi paytida "J" markali portlovchi dinamit ishlab chiqarishi yo'lga qo'yildi.

1935

O'g'it aralashmalari zavodi - "Qo'qon superfosfat zavodi" AJ tashkil etildi va organik mineral o'g'itlar aralashmasi ishlab chiqarila boshlandi.